O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.
Deputatlar Qoraqalpog’iston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talabalar bilan dildan suhbat qilib, uchrashuv o‘tkazdilar. Samimiy va ko‘taringi ruhda o‘tkazilgan jarayonda Oliy Majlis Senati devoninig boʻlim mudiri A.Altiyev, Joʻqorgʻi Kenges qoʻmita raisi Sh.Otemisov va bir guruh deputatlar ishtirok etdi.
Qoraqalqoq ta’lim yo‘nalishi talabalarining bugungi uchrashuvdan olgan taassurotlari, fikr-mulohazalari hamda badiiy chiqishlar tadbirga yuqori kayfiyat va unutilmas lahzalarni bag’ishladi.
Uchrashuv davomida oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorligi uchun Oliy Majlis Senatiga va Joʻqorgʻi Kenges deputatlariga oliygoh rektori B.Sobirov jamoaning tashakkurnomasini topshirdi.