Buxoro davlat tibbiyot institutida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha” tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun IV Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Ushbu olimpiadada Navoiy davlat pedagogika instituti, Tibbiyot fakulteti talabalari ham munosib ishtirok etishdi. Pediatriya ishi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Zuhra Umarova Biokimyo fanidan faxrli III-o‘rinni, 2-bosqich talabasi Farangiz Rahmonova esa gistologiya, sitologiya, embriologiya fanidan faxrli III-o‘rinni egalladilar.
Olimpiadadan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning tibbiyotning turli yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish, talabalarning ilmiy-ijodiy yondashuvlarini targ‘ib qilishdan iborat.
Talabalarimiz va ularning ustozlari Sh.Berdiyev, Jamol Rustamovlarni g’alaba bilan tabriklaymiz.