loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YUKSAK AXLOQ- INSON ODOBIDA NAMOYON BO‘LADI

   2023/2024 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasaslarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradoligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunliktadbirlarning yarim yillik kalendar rejasining 29- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, NavDPI “Fizika-texnologiya” fakulteti hamda 3-sonli TTJda targ‘ibot tadbirlarii tashkil etildi. Xorij matbuotiga ko‘ra, bugungi kunda g‘arb o‘smir-lari orasida boshqa mamlakatlar yoshlariga qara¬ganda uyushgan jinoyatchilik va zo‘ravonlikka berilish holati yuqori. Bunga sabab – bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni hozirdan aysh-ishrat¬ga berilib, turli axloqsiz xatti-harakatlarga ruju qo‘¬yishdan hech kim qaytarmaydi. Oqibatda Britaniyada o‘smir qizlar orasida homiladorlik darajasi Ovrupa mamlakatlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan. G‘arb turmush tarzida or-nomus, erkaklik sha’ni, ayollik iffati degan nozik tushunchalar yemirila boshlayotgani, bunday holatlar “erkin hayot tarzi” sifatida axborot vositalaridan targ‘ib qilinayotgani bois, xalqimiz orasida ushbu turmush tarzidan ta’sirlanish holatlari uchrashi, bu esa inson hayoti, oila mustahkamligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solishi mumkinligi barchamizni ogoh etib, yoshlarimizni bunday ma’naviy xatarlardan saqlash uchun jiddiy jahd qilishimiz zarur. “Haqiqatan ham yuksak axloq, avvalo, har bir insonning odobini, xalqning orzu-umidlari, niyat-intilishlarini namoyon qiladi. Shuning uchun ezgulikni qadrlab, rag‘batlantirib, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab, rivojlantirib, adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga solib borish barchamizning asosiy vazifamizdir..”-dedi fakultet tyutori L.Zoirova.