loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 6-sonli yigʻilishi bo’lib o’tdi

 Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 6-sonli yigʻilishi bo’lib o’tdi. Kengashni institut rektori, professor Bahodir Sobirov ochib, 2023-yilda erishilgan yutuqlar, 2024-yilda bajariladigan galdagi vazifalar xususida to‘xtalib oʻtdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashi qarori bilan Navoiy viloyati ta’lim tizimida uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan, xalq ta’limi tizimini rivojlantirishga o’zining munosib hissasini qo’shgan ijodkor ustoz va murabbiy Bobonor Nortojiyevga faxriy professor ilmiy unvoni berildi.

   

Kengash yigʻilishi davomida 2023-2024 oʻquv yili uchun 14 nafar talaba Prezident va Nomdor davlat stipendiyalari sovrindorlari boʻlganligi munosabati bilan guvohnomalar topshirildi hamda institut tomonidan ta’sis etilgan “Kelajak umidi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Shuningdek, bergan taʼlim-tarbiyasi uchun talabalarning ota-onalari, yaqinlari va ustozlariga minnatdorchilik izhor etildi.

  

Yoshlar bandligini taʼminlash, davlatning alohida koʻmagiga muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan ishlash va ularni hayotda oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish, bilim olishi, mehnat qilishi, oʻz qobiliyat va isteʻdodini roʻyobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish yoʻlidagi samarali mehnati va hamkorligi uchun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.