All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Korrupsiyani oldini olish borasida profilaktik uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

 Xususan, prorektorlar G’.Yodgorov, S.Xudoyberdiyev, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Xalikovlar birgalikda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida profilaktik suhbat olib bordilar.

Unda o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlar bilan birga, institutning “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida axborot berildi.

Shuningdek, oliygoh professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda pedagoglarning o‘rni, korrupsiya va qonun buzulishi holatlarining har qanday shakliga qarshi kurashish hamda korrupsion holatlarninig oldini olish borasida ham tushunchalar berib o‘tildi.