Oliy ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan talabalar bilan turli soha vakillari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish yoshlarning ertangi hayoti, ma’lum bir kasb tanlashida muhim omildir. Ayni shu maqsadda Navoiy davlat pedagogika institutida talabalar bilan “Sudya va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudining sudyalari B.Imomov, A.Isoqov, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig’i A.Xalikov hamda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Davra ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati, sudlarning maqsad va vazifalari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, oliygohda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi xususida gapirildi.