loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YO‘L- BU BEPOYON MANZIL

   Yo‘llar… bu bepoyon manzillar sizu bizni ko‘zlagan yerimizga eson-omon yetkazishi eng avvalo o‘zimizga bog‘liq. Birgina misol: kichkintoyni qo‘lidan yetaklab ketayotgan bobo-yu buvijonlar yoki ota-onalar, xullas kattalar uning ilk qadamlaridanoq yo‘lingda ehtiyot bo‘lib yurgin, shoshilma, mashinalar qatnoviga e’tibor berish lozim, – deya uqtirib borishsa bolakay albatta unga amal qilishga intiladi. Uning jajji tafakkurida yo‘lda yurishning ham o‘ziga xos qonun-qoidalari borligi haqida ilk tasavvur paydo bo‘ladi. “Bir qarashda yoshlarlarning bilishi va amal qilishi lozim bo‘lgan narsalar unchalik ham murakkab emasdek, ammo qoidalar yo‘llarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olish, hayotga soya solish ehtimoli mavjud bo‘lgan xavfni bartaraf etish maqsadida, demakki siz-u bizning maqsadimizni ko‘zlagan holda ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan. Bugun fakultet yoshlari bilan o‘tkazgan suhbatlarimizda talabalarning turli bahs munozarali savollariga mutaxassis sifatida javob berib, qo‘shimcha tushuntirish ishlarini ham o‘tkazdik va bu kabi tadbirlarimiz doiimiy ravishda davom etadi…”-dedi Navoiy shahar IIB YHXB xodimi A.Sharipov.