All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

HAMKORLIKDA ZAKOVAT

  NavDPIda “Zakovat” intellektual o‘yinlari doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi o‘yinda ikkala fakultetning barcha jamoalari juda faol ishtirok etishdi. Ayrim savollar o‘ta bosiqlik bilan topildi, ayrimlariga shiddat kerak bo‘ldi. Yana qaysidir savol kuchli mulohazani talab qildi, yana bir savolda tassavurni ishlatish samara berdi. Yakuniy natija quyidagicha bo‘ldi. 1-o‘rinni “Matematika-informatika” fakultetining “Renessans” jamoasi, 2-o‘rinni “Fizika-texnologiya” fakultetining “Kosmonavtlar” jamoasi va 3-o‘rinni “Matematika-informatika” fakultetining “Tyutorning jiyanlari” jamoasi egalladi. G‘oliblar fakultetlar dekanati tomonidan taqdirladi.