All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING HISOBOTLARI TINGLANDI

    Yurtimizdagi barcha davlat oliy ta’lim muassasalari qatori NavDKTU va NavDPIda ikki nafardan profilaktika inspektorlari faoliyat yuritmoqda.  Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida ularning 2023-yilgi faoliyati yakunlari yuzasidan hisobot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat IIB rahbariyati hamda ikkala oliy ta’lim muassasasi vakillari qatnashdi.

  

Muloqot jarayonida dastlab Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar so‘zga chiqishdi. Shundan so‘ng o‘tgan yil davomida talabalar bilan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik holati haqida axborot berildi.

Uchrashuv davomida OTMlari va boshqarma tomonidan profilaktik tadbirlarda faol qatnashgan tyutorlar hamda talabalar rag‘batlantirildi.