1993-yilning 29-dekabrida 14-yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. Har yili yurtimizda 14 yanvar sanasi “Vatan himoyachilari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabati bilan NavDPI “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakulteti yoshlari o‘rtasida bellashuvlar, musobaqalar va bayram tadbirlari o‘tkazildi. Jamoalar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy savodxonligi, zukkoligi, epchilligi, san’at borasidagi mahorati, noodatiy vaziyatlarda tezkorlikda to‘g‘ri qaror qabul qilishi bo‘yicha baholandi.
“Bugungi tashkil etilgan tadbirda yoshlarimizni saf tortib yurishlarini, Vatan haqqidagi she’r va qo‘shiqlar ijro etishlarini nafaqat talaba-yoshlarmiz balki hududda yashovchi maktab o‘quvchilari hamda mahalla ahli ham zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishdi. Hech shubhasiz, barchamiz birgalikda Ona Vatanimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, uni asrab-avaylash, himoya qilish kabi fuqarolik burchimizni astoydil, chin yurakdan bajaramiz. Talaba-yoshlarimizni Vatanimizga mehr-muhabbatli bo‘lishlarida, sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilishlarida bor kuch-g‘ayratimizni ayamaymiz”- dedi “Jismoniy madaniyat” fakulteti dekani,dots. A.Nurillayev.