O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat, san’at va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish vazifalariga e’tibor qaratildi.
Ushbu yig‘ilishdagi ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida rektor maslahatchisi B.Abdullayev, prorektorlar X.Qurbonov, G’.Yodgorovlar tomonidan seminar tashkil etildi.
Shuningdek, seminar davomida institutda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan targ’ibot tadbirlari haqida axborot berildi.