NavDPI professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq tatbiq etish maqsadida belgilangan reja-grafikka muvofiq o‘quv seminarlari olib borilmoqda. Unda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor G’.Yodgorov va bo‘lim boshlig’i H.Shodiyevlar tomonidan fakultet professor-o’qituvchilari, tyutorlariga kredit-modul tizimi va undan oʼquv jarayonlarida samarali foydalanish, yakuniy nazorat ishlarini talab darajasida oʻtkazish yuzasidan axborot berilayapti.
Shuningdek, mazkur uchrashuvlarda “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo’lim boshlig’i A.Xalikov ham ishtirok etib, korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha maʼruza qildi.