loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YANGI YIL, YANGI YUTUQLAR

Yangi yil – eng orziqib kutiladigan bayram. U qalblarga yangi orzu-umidlar va quvonch bag‘ishlaydi. Ayni paytda qayerga bormang, bir manzaraning guvohi bo‘lishingiz aniq. Uyda, ko‘chalarda, ko‘ngilochar maskanlarda, barcha-barcha joylarda yangi yildan nishona berish maqsadida ko‘zni quvnatuvchi archalar o‘rnatilgan. Yangi yil bayrami yaqinlashib kelayotganligi munosabati bilan Joriy yilning 19-dekabr sanasida NavDPI Matematika -informatika fakultetida  “Yangi yil kechasi”  bo’lib o’tdi. Tadbirda fakultetdagi faol na’munali, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnoma taqdim etildi.