loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

QORBOBO, QORQIZ VA ERTAK QAHRAMONLARI ISHTIROKIDA KARNAVAL

 NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida 2023-yil yakunlari munosabati bilan, o’qishda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va turli ko’rik tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi hamda kirib kelayotgan yangi yil bayram karnavali o‘tkazildi. “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturlari, “Yangi yil” bayramiga mos ravishda talabalar oʻrtasida “Yangi yil topishmoqlari bilimdoni” oʻyin-tanlovi hamda qiziqarli bayram oʻyinlari shousi tashkil etildi.

“Fakultetning “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g‘oliblarini, “Eng isteʼdodli talaba — 2023” tanlovi g‘olibini, “Yilning eng faol talabasi” tanlovi g‘olibini taqdirlash, archa atrofida iqtidorli talabalar tomonidan konsert, yangi yil bayrami ramzlarini ifoda etuvchi karnaval shousi, raqs va musiqiy chiqishlar barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Qorbobo, qorqiz va turli ertak qahramonlarining ishtiroki, quyonvoyni kuzatib, ramziy baliq yilini kutib olinishi hammamizga bolalik davrlarimizni eslatib yubordi…”- dedi fakultet tyutorlari L.Zoirova va G.Ikromovalar.