All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiy davlat pedagogika institutining “Tarix” fakulteti binosida tadbir o’tkazildi

 Tadbirda Tarix fakulteti dekanlari, professor-o’qituvchilari va talabalari, Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi raisi A.Raximov hamda Navoiy tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi F.Sanoqulov qatnashdilar.

Tadbirni Tarix fakulteti dekani R.Qarshiev ochib, ma’ruza uchun so’zni Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi raisi A.Raximov va ma’muriy sudining sudyasi F.Sanoqulovlarga berildi. Strategiyada 5 ta yo’nalish bo’yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan. Har bir insonga o’z salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish, barqaror iqtisodiy o’sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish hamda mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish asosiy yo’nalishlar sifatida belgilangan. Unda ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko’rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishiga erishish, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ko’rilayotgan jinoyat ishlarining 100 foizida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta’minlashga erishish, sud tizimini boshqarishga sudyalarning o’zini o’zi boshqarish tamoyilini to’laqonli joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari tizimini to’liq shakllantirish, jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi bo’yicha 0,64 ballni to’plashga erishish, boshqaruv sifati indikatorlarining Huquq ustuvorligi yo’nalishi bo’yicha 61,5 ballni to’plashga erishish nazarda tutilgan.

Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o’rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish, sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash kabi ustuvor vazifalar ham belgilanganki, bu maqsadlarning hayotga tadbiq etilishi aholida odil sudlovga bo’lgan ishonchning yanada oshishiga xizmat qiladi.

Albatta, sudlarga bevosita murojaat qilishga to’sqinlik qilayotgan omillarni to’liq bartaraf etish, sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini oshirish, ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko’rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning elektron shaklda kelib tushishiga erishish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ko’rilayotgan jinoyat ishlarida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta’minlashga erishish yurtimizda inson qadri tobora ulug’lanib, inson manfaatlari har narsadan ustun ekanligining bir isboti haqida gapirib o’tishdi.