loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Institutimiz talabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi bo’lishdi

   2022-2023-o’quv yilida namunali xulq, a’lo o’qishi va ilmiy tadqiqot ishlari bilan alohida natijalarga erishgan bir guruh institutimiz talabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi bo’lishdi. Bular ichida Fizika-texnologiya fakulteti talabalarining borligi alohida tahsinga loyiq.

Jumladan, 4-kurs Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi talabasi Namozova Nilufar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasining sovrindori bo’ldi.

4-kurs Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi talabasi Hamidova Sarvinoz esa Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi.

Shuningdek, 3-kurs Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi talabasi O’rinova Oysha Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasining sovrindori bo’ldi.

Sovrindor talabalarimizni chin yurakdan qutlab, ularning kelajakdagi ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz. O’ylaymizki, fakultet talabalari kelgusida bundan-da yuqori marralarga erishadilar va yurtimiz ravnaqiga o’zlarining munosib hissalari qo’shadilar.