loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: OCHIQ MULOQOT, TAKLIF, TASHABBUS

  Institutimiz rektori professor Bahodir Sobirov talabalar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali materiallar, ixtirolar bilan tanishdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan ushbu uchrashuvda institutimiz rektori talabalik xotiralari, shu darajaga yetib kelgunga qadar bosib oʻtgan umr yoʻllari haqida talabalarga batafsil soʻzlab berar ekan, ularga yaratib berilayotgan imkoniyat va eʼtibordan unumli foydalanishlari, bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilishlari, aniq maqsad sari intilishlari, doimiy izlanishda boʻlishlari lozimligini taʼkidladi.

Shu bilan birga talabalarning takliflari, tashabbuslari tinglandi. Ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

   

Uchrashuv davomida 11 nafar talaba namunali xulqi, jamoatchilikdagi faolligi, tadbir va tanlovlardagi faol ishtiroki uchun institut tomonidan taʼsis etilgan “Kelajak umidi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.