All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

PAZANDA QIZLAR

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/24-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning KALENDAR REJASIga muvofiq, “Fizika-texnologiya” fakulteti talabalari ishtirokida, 3-sonli TTJda “ENG MAZALI SALAT” tanlovi o‘tkazildi.Tadbir davomida yoshlar kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etishdi. Barch ishtirokchilarga va ular orqali ota-onalariga TASHAKKURNOMAlar topshirildi. “Bugungi o‘tkazilgan tadbir biz yoshlarga juda ma’qul bo‘ldi. Kuy qo‘shiq eshitib dam oldik. Do‘stlarimiz va ustozlar bilan fikr almashdik. Turli salatlar tayyorlashning juda ko‘p usullarini o‘rganib oldik. Bugungi tayyorlagan salatni ko‘p tayyorlayman. Ishonchli,oson va xamyonbop! Yozda,ayniqsa iftorlik dasturxoni uchun qanday yengil taom tayyorlashni bilmay turganingizda qo‘l keladi. Barcha pazanda dugonalarimga tayyorlab kurishni maslaxat beraman…”-dedi ikkinchi bosqich talabasi A.Xo‘jayorova.