loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BIR GURUH FAOL YOSHLAR TAQDIRLANDI

 Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” insholar tanlovi , “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” rasmlar tanlovi va “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini tanlovlari g’olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovlarda ishtirok etgan talabalarni NavDPI rektori, professor Bahodir Sobirov tabriklab, esdalik sovg’alarini topshirdi.

Shuningdek, o‘zining iqtidori va iste’dodi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan bir qator talabalar ham institutimiz rektori tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda talabalar, “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish hamda Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshliqlari, fakultet dekan o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.