Navoiy shahrida 18-noyabr Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kunga bagʻishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur musobaqa mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga alohida eʼtibor berish, aholining barcha qatlamlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini yangicha formatda keng targʻib etish maqsadida tashkil etildi. Musobaqada umumiy taʼlim va sport maktablarining oʻquvchilari, keng jamoatchilik vakillari, oliygohlar: xususan, Navoiy davlat pedagogika institutining 1000dan ziyod professor-o‘qituvchi va talabalari, tyutor va xodimlari ishtirok etdi. Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari Ro‘ziyev Mashrab hamda Akobirov Jamoliddinlar musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqani tashkillashtirishda bergan ko‘magi uchun NavDPI rektori prof.Sobirov Bahodir Boypo‘latovichga Navoiy viloyat hokimi Tashakkurnomasi topshirildi.