loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BAYROGʻIMIZNI DOIMO YUKSAKLARGA KOʻTARAMIZ

 Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro maydonda, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chogʻida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon koʻrgazmalarida, sport musobaqalarida Oʻzbekiston Respublikasining timsoli boʻladi. Bayrogʻimiz oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan. Milliy bayrogʻimizning davlat idora va muassasalari, oʻquv yurtlari, Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning shaʼni, xalqimizning gʻururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Mustaqil davlatimiz bayrogʻi tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorugʻ kelajagimizga boʻlgan ishonchimiz timsolidir. Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart. NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun» munosabati bilan  «Muqaddasdir vatan bayrogʻi» mavzusidagi bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayramona ruhda oʻtgan  tadbirda davlat bayrogʻining qabul qilinish tarixi, uning hayotimizda tutgan oʻrni va ahamiyati haqida soʻz bordi. Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Barcha ishtirokchilarga bayroq ramzi aks ettirilgan lentalar taqildi. “Vatan bayrogʻi aks etgan lentani koʻksimizga taqar ekanmiz uni takror qalbimizga joyladik. Chunki bayrogʻimizda shonli tariximiz, ota-bobolarimiz jasorati yoʻgʻrilgan. Shu bois biz, yoshlar bayrogʻimizni doimo yuksaklarga koʻtaramiz…”-dedi “Fizika-texnologiya” fakulteti birinchi bosqich talabasi M.Oʻrinboyeva.