11-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, xodimlarni sportning ommaviy turlariga qiziqishini kuchaytirish maqsadida, voleybol boʻyicha “Kasaba uyushmasi kubogi” bahslariga start berilgan edi. Unda institutimizning professor-oʻqituvchilari va ishchi xodimlaridan tarkib topgan 11 ta jamoa musobaqa kubogini qoʻlga kiritish uchun bellashmoqdalar. Birinchi va ikkinchi kun oʻtkazilgan “A” guruxi oʻyinlarida “Jismoniy madaniyat” fakulteti 12 ochko bilan, “Tabiiy fanlar” fakulteti 9 ochko bilan yarim final bahslariga yoʻllanma oldi. Bugungi oʻyinlarda “Fizika texnologiya” fakulteti “B” guruhida 12 “ochko” bilan yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan boʻlsa, ikkinchi yoʻllanma uchun ertangi musobaqada “Matematika-informatika” va “Boshlangʻich va maktabgacha taʼlim” fakultetlari oʻzaro kurashadilar. Musobaqaning yarim final va final oʻyinlari 10-noyabr kuni oʻtkaziladi.