Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov Navbahor koʻp tarmoqli texnikumida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, texnikumda obodonlashtirish ishlari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida texnikum hududidagi boʻsh maydonlarga daraxt koʻchatlari ekilishi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganildi.
Shuningdek, oʻquv auditoriyalarini zamonaviy oʻquv va ilmiy adabiyotlar, zarur moddiy-texnik baza bilan taʼminlash, texnikumda turli sport seksiyalarini tashkil etish, oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish, kafedralar bilan hamkorlikda institut boʻylab ekskursiyalarni tashkil etish hamda texnikum oʻqituvchilari, shu bilan birga ishlab chiqarish taʼlim ustalarining monomarkazlarda malakasini oshirib borish va boshqa masalalar yuzasidan kerakli tavsiyalar, topshiriqlar berildi.