loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MNEMONIKA-ESLAB QOLISH SAN’ATI

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘ining 40-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek, har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, qobiliyatlarni aniqlash, rivojlantirish, intellektual salohiyatini takomillashtirish, xotirasini mustahkamlash hamda bôsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 7-noyabr sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti Fizika-texnologiya fakultetida psixolog D.Abduraimova hamda fakultet dekanati tomonidan «Mnemonika» bôyicha seminar-trening bôlib ôtdi. Mazkur tadbirda talaba-yoshlar bilan sogʼlom fikrlash, o’zaro munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, oʼziga boʼlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini aniqlash, shaxsiy qiziqish va qobiliyatlarini namoyish etishga qaratilgan qiziqarli treninglar ôtkazildi. Bu esa barcha talabalarga kôtarinki ruh bag’ishladi.
“Mnemonika – bu ma’lum faktlarni yoki katta hajmdagi ma’lumotlarni eslab qolishga yordam beradigan vosita. Ular qo’shiq, qofiya, qisqartma, tasvir, ibora yoki gap shaklida bo’lishi mumkin. Mnemonika talabalarimizda darslar davomida dalillarni eslab qolishiga yordam beradi va narsalar tartibi muhim bo’lgan paytda ayniqsa foydali bo’ladi…” – dedi psixolog D.Abduraimova.