Tibbiyot fakulteti 1-2-3-bosqich talaba-yigitlariga institut profilaktika inspektori Nodir Xayitov hamda fakultet dekani G’.Aslanov, fakultet Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari H.Raxmatova, fakultet tyutori Ch.O‘tabovalar tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
Unda institut odob-axloq kodeksi, tartib-intizom, jinoyatchilikni oldini olish, sog’lom muhitni barqarorlashtirish, huquqbuzarlik profilaktikasi samaradorligining asosiy omillari xususida ma’lumotlar keltirildi.
Shuningdek, talabalarning odob-axloqi, kiyinishi, yoʻl xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, talabalar tomonidan turli bezorilik holatlarini sodir etmaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.