loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Talabalar turar joylari oʻrganildi

 Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirish, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yotoqxonalarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi hamda “yashil makon” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida institutning 1280 oʻringa moʻljallangan 1-2-3-sonli talabalar turar joylarida bo‘ldi.

Talabalar bilan suhbat oʻtkazildi va ularning taklif hamda muammolari tinglandi. Suhbat mobaynida aniqlangan muammolar joyida bartaraf etildi. Shundan soʻng axborot-resurs markazida fakultet dekanlari va dekan oʻrinbosarlari bilan  yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish ishtirokchilariga yotoqxonalardagi kamchiliklar boʻyicha aniq vazifalar berildi. Topshiriqlarni nazorat qilish prorektorlar zimmasidaligi taʼkidlandi.