All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Navoiylik sportchilar – IV Paraosiyo o‘yinlari ishtirokchilari talabalar bilan uchrashdi

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida Para Osiyo o‘yinlari ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Fakultet rahbariyati, o‘qituvchi va tyutorlar tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda para yengil atletika bo‘yicha bir necha karra O‘zbekiston chempionlari, Tunis gran-pri musobaqasi sovrindorlari, shuningdek, Xitoyning Xandjou shahrida bo‘lib o‘tgan para osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan Jamol Akobirov hamda Shahboz Rajabovlar talabalarga o‘z tajribalarini ulashdi.