All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YAXSHI NIYAT BILAN EKILAYOTGAN KO‘CHATLAR

  Bugungi kunda ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha asosida har yili O‘zbekistonda ona yer bag‘riga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlari ekish maqsad qilingan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi umummilliy harakatga aylanib, hozirgi kunda o‘ziga xos qadriyat sifatida namoyon bo‘layotganini kuzatish mumkin.

Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida NavDPI talaba yoshlari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida manzarali ko‘chatlar ekilib, “Yashil jamoat bog‘i” barpo etildi.