All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

OSH CHEMPIONATI, MADANIY HORDIQ VA USTOZLARNING TASHRIFI

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning calendar rejasi 25-bandiga muvofiq, NavDPI Matematika-informatika fakultetida “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi. Ushbu taom juda qadimgi milliy taomlarimizdan biri hisoblanadi. Talabalar tomonidan nafaqat milliy taomimiz boʻlgan palovxontoʻraning Samarqandcha, Buxorocha, Nurotacha osh kabi turlarining tayyorlanish jarayonlari bilan tanishildi, ularning an’analarimizni qanchalik bilishlari, o‘zbekona qadriyatlarga hurmat kabi sifatlari ham sinovdan o‘tkazildi va oshpaz talabalarning mahoratiga hakamlar tomonidan baho berildi. “Fakultetimizning iqtidorli ijrochilari tomonidan uyushtirilgan konsert dasturi va qiziqarli chiqishlar tadbirga yig‘ilganlarni mamnun etdi. Hakamlar hayʼati ishtirokchilarning qozon-oʻchoqlari atrofi tozaligi, ishlash tartibi, masalliqlarning tarkibi, ularni toʻgʻri tayyorlash, ijodkorligi va taom taqdimoti, sifati hamda koʻrsatkichlari boʻyicha baholab, g‘olib bo‘lgan hamda faol ishtirok etgan yoshlarni taqdirladi. Bugungi bellashuv nafaqat talabalarni xursand qilish balki barcha yoshlarni oshpazlik borasidagi mahoratlarini ham sinovdan o‘tkazish bo‘ldi.