loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YOSH SOMSACHILARIMIZNI GASTRONOMIK SAN’ATI

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi 52-bandi(“Mazalali somsa” pazandalik tanlovini tashkil etish)ga muvofiq, “Fizika-texnologiya” fakultetida tanlov o‘tkazildi. Somsa – milliy taomlarimizdan bo‘lib, o‘zining ta’mi, iste’mol qilishga qulayligi, vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. Oʻzbek pazandaligida somsa asosan, tandirga yopib tayyorlanadi. Hozir gaz va elektr duxovkalarida ham pishiriladi. Somsaning o‘nlab turlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan nafaqat retsept va masalliqlari, balki pishirishning o‘ziga xos texnologiyasida ham farqlanadi. Odatda u mayda to‘g‘ralgan go‘sht yoki qiyma go‘shti bilan pishiriladi, ammo masalliq qilib ichi qovoq, ismaloq, kartoshka, tovuq go‘shti to‘ldiriladigan noyob turlari ham bor.
Respublikamizning har bir viloyatida somsa o‘ziga xos tarzda maxfiy masalliqlar va katta mahorat talab qiladigan maxsus ustalik bilan pishiriladi. Masalan, go‘shtli katta Jizzax somsasi, uchburchak shaklda pishirilgan Buxoro somsasi, ingichka xamirli va sersuv Olot somsasi, barmoq shaklidagi latofatli Qarshi somsasi, qovurilgan qiymali Xorazm somsasi, ko‘klik va ismaloqli Ko‘k somsa kabilar mashhurdir. “Bugungi belashuvda tomoshabin sifatida ishtirok etgan ikki yuzga yaqin talabalar, somsa uchun tanlash mumkin bo‘lgan shakllar, o‘lchamlar, xamir turlarini hayratlanarli darajada ko‘p ekanligini guvohi bo‘ldilar. Yosh somsachilarimizni gastronomik san’atning qay darajada mohir va uddaburon ustasi ekanliklari, tayyorlashgan somsalaridan ko‘rinib turibdi…”-prof.A.Axmedov.