All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YOSHLAR OROLNI ASRAYDI

   Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasini 9-bandiga muvofiq, 2023-yil 30-oktabr kuni NavDPI Matematika-informatika hamda Fizika-texnologiya  fakultetlari hamkorligida yoshlarning e’tiborini Orol muammosiga qaratish, talabalarni dengizning qurish muammosiga yechim topish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar olib borishga undash maqsadida»Yoshlar Orolni asraydi» nomli aksiya o’tkazildi. Aksiya doirasida turli baxs-munozaralar, taklif va yechimlar tinglandi.Shuningdek, ona tabiatni yanada ko’kalamzorlashtirish maqsadida talabalar o’z tashabbuslari bilan ko’chat o’tqazdilar.» Siz aziz yoshlardan, Orol dengizini qurishini oldini olishga doir takliflaringizni va tavsiyalaringizni doimiy berib borishingizni so’rab qolamiz. Keling, birgalikda Orolimizni asrab qolaylik bir yoqadan bosh chiqarib, kelajak avlod uchun ham oʻz hissamizni qoʻshaylik hurmatli aziz, bilimga chanqoq, sergʻayrat, ijodkor yigit-qizlar» – deydi O’zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy shahar kengashi raisi M.Amonov.