All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

SPORTCHILAR YOSHLAR NIGOHIDA

  Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi 16-bandi (sport turlari bo‘yicha olimpiada, jahon, renspublika bosqichi g‘oliblari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish)ga muvofiq, NavDPI “Fizika-texnologiya” fakultetida, erkin kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlari sovrindori hamda O‘zbekiston chempioni, erkin kurash sport turi bo‘yicha respublika sport ustasi Sevara Rizayeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbirda S.Rizayeva bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sportga bo‘layotgan e’tibor, yoshlarimizning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib, iqtidorli sportchilarni professional sportchilar sifatida tayyorlash, Olimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida mahorat maktablari barpo etilayotganini alohida ta’kidladi. Sportchi o‘zining hayot yo‘li, sport cho‘qqilariga chiqishdagi qiyinchilik va to‘siqlarini mardonavor yengib o‘tganligi, qo‘lga kiritgan medal va kuboklari tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Uchrashuv jarayonida tinglovchilarga S.Rizayeva musobaqalar davomida qo‘llanilgan usullardan namunalar ko‘rsatib berdi. Bu o‘z navbatida tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbir hammada ijobiy taassurot qoldirdi. “Agar Vataningni sevsang, uni hurmat qilsang, unga, faqat g‘alaba bilan borging keladi. Har doim musobaqadan oldin, men o‘z Vatanimning bayrog‘i ikkinchi o‘rinda ko‘tarilishini, madhiyamizning ikkinchi o‘rinda aytilishini xohlamayman. Vatanimning bayrog‘i birinchi o‘rinda ko‘tarilishi uchun jonimni berib kurashaman…” – dedi S.Rizayeva.