loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

YOSHLAR TARBIYASIDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNING O‘RNI

  NavDPI “Fizika-texnologiya” va “Matematika-informatika” fakultetlari talabalari orasida milliylikni targʻib qilish maqsadida “Milliy liboslar”, “Milliy Sport”, “Milliy raqs”, “Milliy qoʻshiq”, “Milliy taom” tadbiri tashkil etildi. Tadbir avvalida fakultetlar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari S.Qo‘chqorova va D.Kamalovalar talabalarni milliy qadriyatlarni hurmat qilish, milliy oʻzligimizni saqlashga intilishga chorladi. Bugungi kunda mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni saqlash maqsadida amalga oshirilayotgan bir qator islohotlarni taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng, talabalar tomonida milliy anʼanalarimizni aks ettirgan kuy-qoʻshiqlar ijro etildi. Sahna koʻrinishlari tashkil etildi. “Oldimizdagi turgan ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va faravon hayotimiz ham, O‘zbekiston XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham, avvalambor yosh avlodimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Yoshlar tarbiyasida doimo ogoh va sergak bo‘lish, hamda milliy qadriyatlarimizni ularning ongiga singdirish biz ustozlarning asosiy burchimizdir”-dedi D.Kamalova.