All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

“ICTWeek Uzbekistan-2023” — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaliga bo‘lib o‘tdi

  Joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari yilning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan “ICTWeek Uzbekistan-2023” — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaliga bo‘lib o‘tdi.

Haftalik doirasida “IT” bo‘yicha xalqaro miqyosdagi ko‘rgazmalar, uchrashuvlar, forum va sammitlar o‘tkazildi. Ushbu sammit va forumlarda Navoiy davlat pedagogika instituti “Inkubatsiya va akseleratsiya” markazi xodimlari O.Abduraimov, M.Dilmurodova, E.Islomovalar ham ishtirok etdi.

Haftalikda qatnashgan “Bilgi.uz” ta’lim jamoasi va birqancha chet el davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan qizg’in uchrashuvlar o‘tkazildi. Bunda asosiy maqsad yangi “IT” autsorsing xabiga aylanib borayotgan yurtimiz bozoridagi yosh va iqtidorli kadrlarning malakasini oshirish va ularni ish bilan ta’minlash, shuningdek, xorijdan kelgan delegatlar bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan muhokamalar olib borildi.