All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

REKTOR KUBOGI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

  Maʼlum qilganimizdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrugʻi asosida shu yilning 17-oktyabr sanasida Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha “Rektor kubogi” bahslariga start berilgan edi.

Mazkur musobaqada rektorat va 11 ta fakultetdan jamoalar ishtirok etdi. Qizg’in va murosaasiz oʻyinlar bilan esda qolgan musobaqada 3-oʻrinni Rektorat va Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti jamoalari, 2-oʻrinni Matematika-informatika hamda 1-oʻrinni Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi qoʻlga kiritdi.

  • 1-oʻrinni olgan jamoa — 5 mln soʻm;
  • 2-oʻrin — 4 mln soʻm;
  • 3-oʻrin — 3 mln soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar boʻyicha ishtirokchilarga diplom va sovgʻalar topshirildi.