Navoiy davlat pedagogika institutining Fizika va astronomiya kafedrasi tashabbusi bilan “Fizika fanini axborot va innovatsion texnologiyalar muhitida oʻqitishning zamonaviy tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika miqyosida anjuman boʻlib oʻtdi.
Unda institut rektori, professor Bahodir Sobirov qatnashib, konferensiyani ochib berdi hamda anjuman ishida muvaffaqiyat tiladi. Tashkil etilgan konferensiyada institut professor-oʻqituvchilari, talabalari va doktorantlar, shuningdek, Respublika OTMlari olimlari, ilm-fan namoyondalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Konferensiyada koʻtarilgan har bir masala boʻyicha ilmiy yondashuvlar asosida faktlar keltirilyapti.