All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Litsey bitiruvchilari tarixiy natija qayd etdi

 2022/2023-oʻquv yilida NavDPI Akademik litseyini 205 nafar oʻquvchi tamomladi. Quvonarli tomoni shundaki, jami 202 nafar oʻquvchi oliygohlarga oʻqishga kirib, shundan 109 nafari davlat granti, qolgan 93 nafari esa toʻlov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilindilar. Maʼlumot uchun, 2020/2021- oʻquv yilida bu koʻrsatkich 95 foizni tashkil qilgan edi. Albatta, bu yutuq nafaqat litsey oʻquvchisi, ularning yaqinlari hamda litsey jamoasiniki, balki butun Navoiy viloyati aholisi uchun ham chinakam xushxabardir. Bu natija bilan litsey taʼlim tizimi boʻyicha respublikada oʻz oʻrniga ekanligini yana bir karra isbotladi.

Buning sababi litseyda salohiyatli, jonkuyar va fidoiy professor-oʻqituvchilar soni koʻpligi, shu bilan birga ichki maʼnaviy muhit barqarorligi natijasi desak, mubolagʻa emas.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2020-yildagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan akademik litseyni oʻquv laboratoriya jihozlari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darslik va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash maqsadida  500 million soʻmlik oʻquv laboratoriya jihozlari jumladan, kompyuter jamlanmasi, vebinar xona tashkil etilib, interaktiv elektron doska, sport va musiqa jihozlar olib berildi.

     

Yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida litseyda 14 ta to‘garak tashkil etilgan. Shulardan 4 tasi “Sport to‘garaklari“, 1 ta “Musiqa to‘garagi”, 1 ta “Zakovat” intellektual to‘garagi, 9 tasi o‘quvchilar xohish va istaklaridan kelib chiqib tashkil etilgan fan to‘garaklari hisoblanadi. Ushbu to‘garaklarga litsey o‘quvchilarining barchasi qamram olingan. Litseyda 5 muhim tashabbus bo‘yicha bugungacha 21 ta tadbir tashkil etilgan va bu tadbirlarga 259 nafar talaba qamrab olingan.

  

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan. Bugungi kunga qadar akademik litsey yoshlari 5 tashabbus doirasida o‘takazilayotgan barcha tadbirlarda, marafon va debatlarda, ko‘rik tanlovlarda faol qatnashib kelmoqdalar.

  Litsey o‘quvchilari 2022-yil dekabr oyida o‘tkazilgan “Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz” mavzusidagi viloyat hokimi kubogida faol ishtirok etib, faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2023-yil 19-mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan “Rasmlar tanlovi”  va “Eng yaxshi ijodkor” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda o‘z iste’dodlari bilan o‘rnak ko‘rsatgan litsey o‘quvchilari munosib sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 Litseyning iqtisod yo‘nalishi 5-22 guruh o‘quvchisi Hazratov Jasur Turizm va madaniy meros boshqarmasi tomonidan “Yoshlar turizm haftaligi” doirasida tashkil etilgan “Shaxmat” musobaqasining viloyat bosqichida qatnashib, faxrli I orinni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan tanlovning mahalla bosqichida 2 nafar o‘quvchi futbol sport turidan 1-o‘rinni, shaxmat-shashka sport turidan 3 nafar o‘quvchi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, litseyda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati davomida ham o‘quvchilar sport sirlarini puxta egallamoqda.

  

Shu yilning 4-mart kuni NavDPIda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” musobaqasida akademik litsey jamoasi qatnashib, 9 ta jamoa ichidan faxrli III o‘rinni qo‘lga kiritdi va institut rektori tomonidan diplom, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Navoiy viloyat Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zukko kitobxon” tanlovida Badritdinova Amina faxrli II o‘rin hamda 4200 000 so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritdi. 2023 yil 26 sentyabr kuni 6-22 guruh o‘quvchisi Normamatov Ibrohimbek Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Kiber week Navoiy” loyihasida “Eng yaxshi kontent” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi. 28-sentyabr kuni “Zakovat” turnirining Navoiy viloyati bosqichida litsey o‘quvchilari faol qatnashib, faxrli II o‘rinni egallashdi. Shunungdek, Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “SAVVY READER” intellektual o‘yinida faol I o‘rinni qo‘lga kiritdilar.