O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashda yangicha tizimni joriy etish borasida ilgari surilgan tashabbusning ijrosini ta’minlash, shuningdek talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etish maqsadida matematika- informatika fakultet tyutorlari tashabbuslari bilan 2023 yil 3-oktyabr sanasida NavDPIga qarashli 3-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq muloqotlar o’tkazishdi.Talabalar bilan suhbatlashib, odob-axloq kodeksi va ichki tartib qoidalar asosida talabani tartibga chaqirib, ijtimoiy muhitni yaxshilash, darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish masalasida yoshlar bilan bahs munozaralar olib borildi, shart-sharoitlar o’rganildi va takliflar qabul qilindi.
Albatta, har bir talabani to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish jamiyat uchun – yanada bilimli, salohiyatli kadr yetishtirishga xizmat qiladi.