loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

QIZLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI HAYOTGA KENG TATBIQ ETISH

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq, Navoiy shahridagi 7-IDUM talaba-qizlar o‘rtasida voleybol sport musobaqasining shahar bosqichi tashkil etildi. Musobaqalarda NavDPI “Fizikа-texnologiya” fakultetining voleybolchi qizlari faxrli 2-o‘rinni egalladi. “Ushbu musobaqalarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, talabalarni jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga shart-sharoitlar yaratish, talabalarning sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirishdan hisoblanadi…”-dedi uchrashuvlar hakami A.Turdiyev.