loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MANGULIKKA DAXLDOR UMR

  NavDPI faollar zalida taniqli shoira, publitsist, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Xalq ta’limi a’lochisi“, 30 dan ortiq kitoblar muallifi Xosiyat Bobomurodova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Shoiraning “Cho‘l malikasi“ biografik dostoni taqdimoti tadbirning asosiy diqqat markazida bo‘ldi. Qiziltepaning O‘rtacho‘l hududida mashaqqatlarga dosh berib, yuqori hosilli fermerlar safida kelayotgan zamonamiz qahramoni, “El-yurt hurmati“ ordeni sohibasi Ra’no Valiyevaning hayot yo‘li, asarning badiiy xususiyatlari haqida shoir B.Sadriddinov, X.Sa’dinova va professor-o‘qituvchilar A.Xolmurodov, M.Xudoyorova, N.Tursunova, Z.Ahmedovalarning fikr-mulohazalari tinglandi.

  

Uchrashuv davomida shoira o‘z ijod namunalaridan o‘qib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.