All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

 Vatanimiz nufuzini yanada oshirish yo‘lida tinimsiz mehnat qilib kelayotgan yurtdoshimiz, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Ra’noxon Valiyeva hamda Fizika-texnologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Hozir kunda  R. Valiyeva keksalik gashtini surayotgan bo‘lsa-da, fermerlik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Viloyatimizda tadbirkorlikka qiziqqan xotin-qizlar hamda yosh avlodni Vatanparvar, komil inson qilib tarbiyalash, oilalar mustahkamligini ta’minlashga o‘zining boy hayotiy tajribalari, maslahat va nasihatlari bilan ko‘mak berib kelmoqda.

 “Bugungi tinch, osoyishta, dorilomon kunlarga yetkazganiga shukur. Xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz mana shu tinchlik va to‘kinlikning, hur kunlarning qadriga yetsin. Uning yanada gullab-yashnashi uchun qo‘lidan kelgancha xizmat qilsin”,- dedi Ra’noxon Valiyeva.