Navoiy davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti tashabbusi bilan “Maktabgacha taʼlim rivojlanishining yangi impulslari: ilmiy tadqiqotlar, tijoratlashtirish, raqamlashtirish masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Konferensiyada respublikamiz hamda xorij davlatlaridan nufuzli mehmonlar, ilm ahllari, tegishli masʼullar, talaba yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Oʻtkazilgan anjumanda maktabgacha taʼlim tizimiga oid muhim masalalar muhokama maydoniga olib chiqildi. Germaniya, Filippin, Finlandiya, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya kabi davlatlardagi olimlar o‘z ma’ruzalari bilan onlayn tarzda ishtirok etishdi.Kun tartibidagi masalalarga maʼlum yechim va takliflar berildi hamda xorij olimlari bilan tajriba almashildi.