Ustoz deganda har qaysi insonning ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg’ulari paydo bo‘ladi. Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari uchun 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi “Azamat Fayz“ restoranida bayram dasturxoni yozilib, tantanali tadbir tashkil etildi.
Bayram munosabati bilan oliygohda taʼlim samaradorligini oshirish, yoshlarga taʼlim-tarbiya va zamonaviy fan sohalarini egallashda oʻz xizmatini ayamagan, hozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan, qolaversa, institut ravnaqi yo‘lida oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan professor-oʻqituvchilar institutimiz rektori Bahodir Sobirov tomonidan tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar va unutilmas raqslar hamohangligida davom etdi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etgan institut rahbariyatiga professor-o‘qituvchilar chuqur minnatdorliklarini izhor qildilar.