All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

BIR GURUH USTOZLAR “OLIY TAʼLIM AʼLOCHISI” KOʻKRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI

  Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Quvonarlisi, Navoiy davlat pedagogika institutining 4 nafar professorlari ushbu e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
Bular:

  • Kamalov Ixtiyor Ramazanovich – Fizika-texnologiyalar fakulteti dekani, professor;
  • Murodova Nigora Kuliyevna – O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori;
  • Narzikulova Dilnoza Xashimjonovna – Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, professor;
  • Safarova Nigora Olimovna – Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor.

Ustozlarimizni ushbu mukofot bilan NavDPI jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!