Uch avlod uchrashuvlari-yoshlar uchun katta tajriba va hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Tarix, bugun va kelajakni birlashtira olgan uchrashuvlar keksayu yoshning xotira zarvaraqlarida unitilmas kun bo‘lishi shubhasiz. Sababi, jonli tarix bilan so‘zlashish, ularni yaqindan tanish birgalikda hamfikr bo‘lish yoshlar uchun katta tajriba va hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi. “Yangi O‘zbekistonni bunyod etish uchun esa yoshlarimiz uchun nafaqat o‘tkir zehn va aql, zamonaviy bilimlar, balki keksa avlod vakillarining katta hayot maktabidan olgan saboqlari, milliy qadriyat va an’analarga hurmat, Vatanga bo‘lgan muhabbat u sadoqat, shu bilan birga yurtimizdagi o‘zgarishlarga daxldorlik hissi bilan yashash ham talab etiladi. Uch avlod uchrashuvlari ana shunday kuchli ruhiy quvvat berayotgan maktab vazifasini o‘tab berayotganiga yana bir bor amin bo‘ldik. Bu kabi tadbirlarni tashkil etib berayotganliklari uchun institut ma’muriyatiga minnatdorchilik bildiramiz…”-dedi Navoiy shahar «Janubiy” MFY raisi V.Yo‘ldashev.