Darhaqiqat, atlas, adras, banoras, beqasam va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan liboslar xotin-qizlarimizning husniga husn, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Qolaversa, bu liboslar xalqimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy qadriyatlarga, milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.
Shu maqsadda Navoiy davlat pedagogika institutida “Xon atlas“ festivali o‘tkazildi. Festivalda institut rahbariyati, xotin-qizlar kengashi, talaba-yoshlar, viloyatning faol xotin-qizlari qatnashishdi.
Iqtidorli talabalarimizning badiiy chiqishlari, dizayner talabalarimizning milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti, rassomchilik, toʻquvchilik, umuman, qoʻl mehnatidagi yaratuvchanlik tadbirga estetik zavq baxsh etdi.
Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatgan bir guruh xotin-qizlar viloyat hokimi o‘rinbosari Malika Mamadiyarova hamda institut rektori Bahodir Sobirovning tashakkurnoma va diplomlari bilan taqdirlandi.