Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov NavDPIga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida institutda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar hamda talaba-yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, moddiy ragʻbatlantirishlarga oid maxsus videorolik namoyish qilindi. Institut rektori Bahodir Sobirov professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, yangi kampus qurilish jarayonlariga batafsil toʻxtaldi. Akmal Burxanov tomonidan aholi, ayniqsa, talaba-yoshlar orasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targʻibotlarni koʻpaytirish, koʻp yillar institutda faoliyat olib borgan faxriy pedagoglar haqida koʻrsatuvlar tayyorlash kerakligi xususida takliflar berildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash sohasida taqdimot qilindi. Shundan soʻng institut tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyidagi tarixiy hujjatlar, eksponatlar, qatagʻonga uchragan ajdodlarimiz haqida maʼlumot berildi