loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi

  Navoiy davlat pedagogika institutida Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 8-sentabrdagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini tashkil etish to‘g‘rsida”gi 168-sonli buyrug‘i asosida tuzilgan ishchi guruh a’zolari, Navoiy viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ullari, NavDPI rahbariyati tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuv davomida o‘qish davrida va himoya jarayonlari bo‘yicha muammo va savollarga joyida asosli javoblar, yechimlar ko‘rsatildi. Tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarining xorijda malaka oshirish hamda tajriba almashinuvlari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, grantlar haqida ma’lumotlar berildi. Dissertatsiya ishining mavzulari, himoyaga tayyorlik darajalari haqida suhbat tashkil etilib, tegishli takliflar berildi.