loader image
All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

UCH AVLOD UCHRASHUVI

  “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq NavDPI Matematika-informatika fakulteti va Yangiariq MFY bilan hamkorlikda uch avlod uchrashuvi o’tkazildi.Uchrashuvda Yangirariq MFY mehnat faxriysi Ro’ziyev Anvar bobo, Bozorova Hursand ona va mahalla yetakchisi Jasurbek Shukurov ishtirok etdi.NavDPI matematika-informatika fakultetidan esa Abjalilov Sanaqul Xujamovich, Ashurova Dilfuza Nabiyevna, Qo’chqorova Surmoxon Suvonovna, Yusupov G’iyos G’ulomovich, tyutorlar va fakultet 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

   
Uchrashuvda ustoz-shogirdlik an’analarining ahamiyati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni, professional kadrlar tayyorlashda ustoz-murabbiylar zimmasidagi ulkan mas’uliyat, bu o‘rinda yoshlardan talab etiladigan fazilatlar haqida so‘z bordi. Inson o‘zini anglagan davrlardan boshlab o‘qib-o‘rganishga, kelajakka intilishga harakat qiladi, – dedi mehnat faxriysi Ro’ziyev Anvar bobo.