All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

MAHALLA YOSHLARI XURSANDCHILIGI

  Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish hamda ta’lim muassasalari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, Navoiy shahridagi “Janubiy” MFY hududida ijara asosida istiqomat qilayotgan talabalar ishtirokida konsertlashtirilgan tadbirlar tashkil etildi. “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazilgan ushbu kecha yoshlarimizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Havaskor talaba-yoshlar tomonidan jonli qo‘shiqlar ijro etildi.. NavDPI rahbariyatiga bu kabi tadbirlarni tashkil etib berayotganliklari uchun mahalla yoshlari nomidan minnatdorchilik bildiraman..”-dedi Navoiy shahar “Janubiy” MFY yoshlar yetakchisi J.Tojiyev.